Bokiy
Bokiy (taxallusi; asl ismi Mirzaabdulla Nasriddinov) (1882.9.5 — 1967.4.4, Fargʻona viloyati Rishton qishlogʻi) — oʻzbek adabiyotshunosi (manbashunos), shoir. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1943). Sharq-mumtoz adabiyotini chuqur bilgan, xalq orasida navoiyxon, bedilxon degan nom olgan. Alisher Navoiy yubileyini oʻtkazish Respublika qoʻmitasi tuzilishi (1938-yil 15-sentabr) munosabati bilan qoʻmita ilmiy maslahatchisi (1938). Oʻzbekiston Til, adabiyot, tarix institutida bosh maslahatchi (1940—43). Navoiy asarlarini eski oʻzbek yozuvidan yangi yozuvga oʻtkazishda koʻmaklashgan. Muqimiy, Nodim Namangoniy, Rojiy Margʻiloniy va Rojiy Koʻxandiylar bilan oʻtkazilgan mushoaralarda qatnashgan. Oʻzbek va fors tillarida gʻazallar yozgan, Navoiy asarlariga muhammaslar bogʻlagan. Navoiyning "Tuhfat ulafkor" qasidasini forschadan oʻzbekchaga tarjima qilgan (1939).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |