Boldirqora (Adiantum capillus-veneris L.) — qirqquloqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Togʻlardagi gʻorlarda, qoyalarning soya va sernam yoriqlarida, buloq yoqasida o'sadi. Boldirqoraning poya va barglaridan tayyorlanadigan kukun va ekstrakt safro va siydik haydovchi, balgʻam koʻchiruvchi, koʻkrak ogʻriqlari va nafas qisishini bosuvchi dori sifatida ishlatiladi.

Boldirqora
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil