Bolgʻalanuvchanlik — metall va qotishmalarning bolgʻalash, prokatlash (bosim ostida siqib ishlov berish), kiryalash (sim choʻzish), presslash va shtamplashga moyillik xossasi. Materiallarning deformatsiya qarshiligi va plastiklik xossasi bilan ifodalanadi. B. xossasiga ega boʻlgan materiallarning deformatsiyaga qarshiligi past, plastikligi yuqori boʻladi. [1]

Manbalar tahrir

  1. "Bolgʻalanuvchanlik" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil