Bolonya maktabi
Bolonya maktabi — Italiya tasviriy sanʼatidagi maktablardan biri. Markazi — Bolonya shahri Asarlarining oʻziga xos xususiyatlari va taʼsirchanligi bilan 14-asrdayoq Italiya tasviriy sanʼatida muhim oʻrin egalladi. Akauka Karrachchilar tomonidan "Toʻgʻri yoʻlga kirganlar akademiyasi" ning tuzilishi (taxminan 1585) bu yerda Yevropa akademizmi qoidalari va kelgusida shakllanadigan BAlar faoliyatini belgilab berdi. Bolonya maktabi vakillari (akauka Karrachchilar, Domenikino, G. Reni, Gverchino) diniy va afsonaviy mavzularda bezak kompozitsiyalar, devoriy rasmlar yaratgan. Bolonya maktabi sanʼat tarixida badiiy taʼlim tizimini yaratdi, barokkoga xos mehrob kartinalar, mahobatli bezak rasmlar, "qahramonona" manzaralar turini ishlab chiqdi. Dastlab asarlari (portret va maishiy janr)ga tuygʻularning haqqoniyligi va gʻoyaning yangiligi xos boʻlgan. Bolonya maktabi akademizmi keyinchalik (Italiya va undan tashqarida keng tarqaldi) hayotdan ajralib qolgan hissiz badiiy voqeaga aylandi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |