Bolosoy, Forishsoy — Jizzax viloyati Forish tumanidagi soy. Nurota tizmasining shim. yon bagʻri (1800 m) dan boshlanadi. Uzunligi 25 km, havzasining maydoni 18 km². Bolosoy bosh qismida koʻp joylarda qoyali daralardan iborat tor vodiyda, shagʻal va harsang toshli serostona oʻzanda oqadi. Bolosoy kamsuv soy, oʻrtacha suv sarfi 80 l/sek. Bolosoy da asosan erta bahorda, qor erigan va yomgʻir yoqqan vaqtlarda sersuv boʻladi, yozda tekislik qismida soy qurib qoladi. Bolosoy Forish qishlogʻi yerlarini sugʻoradi.

Bolosoy
Tavsif
Uzunligi 25
Davlat Oʻzbekiston

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil