Boltaquli Rahmatbekov, Baltoquli Rahmatbek oʻgʻli — 1830—1831 va 1838—1839-yillarda Buxoro amirligining Rossiyadagi elchisi.

Boltaquli Rahmatbekov
Boltaquli Rahmatbek oʻgʻli
Buxoro amirligining Rossiya imperiyasidagi elchisi
Mansab davri
1830 – 1831
Buxoro amirligining Rossiya imperiyasidagi elchisi
Mansab davri
1838 – 1839
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Buxoro, Buxoro amirligi
Fuqaroligi Buxoro amirligi
Kasbi savdogar

Birinchi elchilik

tahrir

Mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan o‘zbek hukmdori, Buxoro amiri Nasrullo (18271860) taxtga o‘tirgach, Rossiya imperiyasi bilan aloqa o‘rnatishga qaror qiladi va 1830-yil avgustda birinchi elchini yuborgan. Elchilikga Chigʻatoybek unvonini olgan elchi Boltaquli Rahmatbekov boshchilik qilgan. U bojxona to‘lovlarini kamaytirish, amirlikni to‘p quyish ustalari bilan taʼminlashni iltimos qilgan. Lekin rus hukumati bu iltimoslarni rad etib, 1831-yil avgustida Rahmatbekov Buxoroga qaytib kelgan[1]

Ikkinchi elchilik

tahrir

1838-yil 5-avgustda Boltaquli Rahmatbekov do‘stlik, savdo-sotiqni kengaytirish va qimmatbaho toshlar bo‘yicha mutaxassislarni Buxoroga yuborish takliflari bilan ikkinchi marta Peterburgga yuborilgan. Murojaat asosan avvalgi elchilikning bir qator shunga oʻxshash hujjatlarini takrorlangan: Rossiya bilan doʻstlik istagi, savdo aloqalarini kengaytirish va karvon yoʻllari xavfsizligini taʼminlash haqida. Boltaquli Rahmatbekov tashqi ishlar vaziriga amir podshohdan xonlikka yaxshi geolog yuborishni iltimos qilgan hujjatni taqdim etgan. Savdo-sotiq bilan bogʻliq masalalarni hal qilib boʻlgach, Boltaquli Rahmatbekov 1839-yil mart oyida Peterburgni tark etgan[2].

Boltaquli Raxmatbekov elchiligi natijalari

tahrir

Boltaquli Rahmatbekov elchixonalari Buxoro-Rossiya munosabatlarining mustahkamlanishiga hissa qo‘shgan. 1839-yil kuzida Rossiyadan Buxoroga E. P. Kovalevskiy boshchiligidagi geologlar missiyasi yuborilgan, biroq koʻchmanchilar hujumi tufayli Buxoroga yetibkelmagan. Buning ortidan 1842-yilda polkovnik K. F. Butenevning missiyasi muvaffaqiyatli boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  1. Gʻulomov Xondamirmirza & XIX asr — XIX asrning birinchi yarmida Oʻrta Osiyo davlatlarining Rossiya bilan diplomatik aloqalari 2005, s. 201.
  2. Gʻulomov Xondamirmirza & XIX asr — XIX asrning birinchi yarmida Oʻrta Osiyo davlatlarining Rossiya bilan diplomatik aloqalari 2005, s. 202.

Adabiyotlar

tahrir
  • Gʻulomov, Xondamirmirza. XIX asr — XIX asrning birinchi yarmida Oʻrta Osiyo davlatlarining Rossiya bilan diplomatik aloqalari. Fan — 201-202-bet.