Boltaxoʻja Ermatovich Umirzakov (1948-yil 25-oktyabr, Oʻrta Chirchiq tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Boltaxoʻja Umirzakov
Tavalludi 25-oktyabr 1948-yil (1948-10-25) (75 yosh)
Oʻrta Chirchiq tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent davlat texnika universiteti
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Ilmiy darajasi fizika-matematikafanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi tahrir

Boltaxoʻja Umirzakov 1948-yil 25-oktyabr Oʻrta Chirchiq tumanida tugʻilgan. 1966—1973-yillarda Toshkent politexnika institutining „Injenerlik fizika“ fakultetida tahsil olib, elektron texnika muhandisi ixtisosligini olgan[1]. 1973—1977-yillarda „Amaliy va nazariy fizika“ kafedrasida muhandis, 1978—1980-yillarda aspirant, 1981—1993-yillarda assistent, dotsent, 1993—2005-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti „Elektron texnika materiallari fizikasi va texnologiyasi“ kafedrasining mudiri, 2004—2005-yillarda „Elektronika va avtomatika“ fakultetining dekani, 2006—2013-yillarda „Nanotexnologiya“ kafedrasi mudiri, 2013-yildan Toshkent davlat texnika universiteti „Umumiy fizika“ kafedrasida professor lavozimida ishlab kelmoqda[1].

Oilasi tahrir

Oilali, 4 nafar farzandi bor[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

1982-yilda fizika-matematika fanlari boʻyicha nomzodlik, 1993-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy faoliyatini asosan nanomateriallar olish va nanoelektronika sohasiga bagʻishlagan va bu sohada respublikada birinchi boʻlib ilmiy maktab yaratgan (2000) va 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetida yangi „Nanotexnologiya va nanoelektronika“ taʼlim yoʻnalishi tashkil qilinishiga rahbarlik qilgan[1]. Ilmiy-pedagogik faoliyati mobaynida 800 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan 12 ta monografiya, 20 dan ortiq oʻquv qoʻllanma va darsliklar, 150 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Xalqaro pedagogik taʼlim fanlar akademiyasi (2010) va Xalqaro ekologiya, aholi va tabiat muhofazasi fanlar akademiyasining (2017) haqiqiy aʼzosi.

Mukofotlari tahrir

2019-yil „Mehnat shuhrati“ ordeni[2], 2023-yil 26-avgustda „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan[3]..

Manbalar tahrir

Andoza:OʻTOE

Havolalar tahrir