Bolton, Boltonle-Murs — Buyuk Britaniyaning Lankashir grafligidagi shahar. Aholisi 263 ming kishi. Temir yoʻl tuguni. Toʻqimachilik sanoatining qadimiy (14-asrdan) markazi. Ip gazlama korxonalari, mashinasozlik, jumladan transport mashinasozligi, avto va aviasozlik uchun qismlar ishlab chiqarish, elektrotexnika, metallurgiya, qogʻoz, kimyo, tikuvchilik sanoati korxonalari bor.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil