Bombaj
Bombaj (frans., bombage) - konserva bankalarining boʻrtish i — konservalarni saqlashda uchraydigan buzilish turi. Qopqoqlarning boʻrtishi B. deb ataladi. B.ning biologik, kimyoviy va fizik turlari mavjud. Biologik B. idishlarning zich yopilmasligi yoki yetarlicha sterilizatsiya qilmaslik natijasida vujudga keladi, unda mikroorganizmlar rivojlanib, gazlar paydo boʻladi. Bunday konservalar foydalanishga yaroksiz hisoblanadi. Kimyoviy B. konservalardagi kislotalarning idish qopqogʻi (temir qismi) ga boʻlgan taʼsiri natijasida yuzaga keladi: vodorod ajralib chiqib, qopqoq boʻrtadi. Koʻpincha nordon mevarezavor va sirkalan gan konservalarda uchraydi. Fizik B. konservalarning muzlashidan kelib chiqadi (bankadagi mahsulot hajmi kattalashib qopqoq boʻrtadi). Fizik va kimyoviy B.ga uchragan konservalardan faqat sanitariya nazorati ruxsati bilan foydalanish mumkin.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |