Bombaksdoshlar
Bombaksdoshlar, baobabdoshlar (Bombacaceae) — ikki pallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Deyarli hamma turlari tropik mintaqada oʻsadi, tanasi yoʻgʻon, baʼzan tanasining oʻrta qismi bochkasimon boʻrtib chiqqan. Gullari yirik, toʻgʻri, qisman notoʻgʻri, ikki jinsli, koʻpincha yakka. Kosabarg va tojbarglari 5 tadan, baʼzan tojbarglari boʻlmaydi. Changchilari 5 ta yoki koʻp, u mumiy naychaga yopishgan, baʼzan alohida. 28 turkumi va 190 ga yaqin turi maʼlum. B. dan baobab, durian, paxta daraxti va boshqa foydali daraxtlar hisoblanadi.
Bombaksdoshlar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |