Bombardimonchi aviatsiya — harbiyhavo kuchlarining asosiy zarbdor kuchi. Bombardimonchi aviatsiya ning asosiy vazifasi: yalpi, keng koʻlamdagi hujumdan yoki jangdan oldin dushman aerodoromlariga, dengizdagi harbiy kemalarga, mustahkamlangan mudofaa istehkomlariga, qoʻshin va jangovar texnika toʻplangan joylarga, shahar va aholi punktlariga, temir yoʻl uzellariga, sanoat markazlariga bomba va raketa tashlab vayron qilish va qirish, dushman qoʻshinlarining jangovarlik holatini susaytirish hamda harbiyruhiy jihatdan taʼsir etish. Samolyotlarning uchuvtaktik imkoniyatiga va jangovar vazifalarining harakteriga koʻra Bombardimonchi aviatsiya ikkiga — front Bombardimonchi aviatsiya siga va uzoqdagi obʼyektlarni bombardimon qiluvchi Bombardimonchi aviatsiya ga boʻlinadi (AQSH va Angliyada taktik va strategik Bombardimonchi aviatsiya deyiladi). Uzoqdagi obʼyektlarni bombardimon qiluvchi Bombardimonchi aviatsiya dan dushmanning uzoq orqa tomonidagi strategik obʼyektlarga yopirilib hujum qilishda foydalaniladi. Zarur boʻlganda Bombardimonchi aviatsiya janglarda quruqlikdagi qoʻshinlar yoki harbiydengiz flota kuchlari bilan birga oʻzaro hamkorlikda ishtirok qilishi ham mumkin. Bombardimonchi aviatsiya ljahon urushi (1914—1918)da jangovar aviatsiya boʻlib shakllandi. Urushda qatnashgan deyarli barcha davlatlarda aviatsiya qismlari, qoʻshilmalari tashkil etildi. Hozir Bombardimonchi aviatsiya murakkab qurol va uskunalar bilan jihozlangan. Ularda radio aloqalari, radiolokatsiya va aeronavigatsiya asboblari takomillashtirilgan (yana qarang Aviatsiya).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil