Boqi puli — Turkiston xonliklarida ariq va kanallar qazish, suv havza va shoxobchalarini tozalash, mavjud sugʻorish inshootlarini taʼmirlash yoki yangilarini qurish vaqtida hasharga chiqmaganlardan olingan jarima. Masalan, Buxoro xonligida 19-asr 2-yarmi va 20-asr boshlarida mazkur hasharga chiqmagan har bir kishiga kuniga 2 tangadan jarima solingan. Boqi puli hashar uyushtirgan mirob tomonidan undirilib, odatda, sugʻorish bilan bogʻliq ishlarga sarf qilingan, ortgani esa davlat xazinasiga topshirilgan. Maye, Shoxrud kanali mirobi Mirzo Asomiddin toʻqsobo bahor va kuzgi hasharlarda toʻplangan Boqi puli dan davlat xazinasiga 14812 tanga topshirgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil