Borgåsgubben — bu turli o'lchamdagi tosh g'ishtlardan yasalgan 10 futlik haykal. U Källtegen, Blomskog[1], Årjäng, Shvetsiyadagi Borgåsen nomli tog'ning tepasida joylashgan[2]. Nega u yerga qo'yilganligi noma'lum rasmiy manbalarda keltirilmagan, ammo mahalliy aholining ko'chib yuruvchi rivoyatlariga ko'ra, u dushmanlarni qo'rqitish uchun qo'yilgan. Bu hujum qilganlarga tirik qo'riqchi posti haqida tasavvur berishi kerak bo'lgan. U 1600-yil—1700-yillarda Shvetsiya va Norvegiya o'rtasidagi urush davrida qurilgan. Ko'pchilik tosh haykalni Shvetsiya qiroli Charlz XII davrida armiyada xizmat qilgan karoleanlar deb atalgan askarlar yasagan deb hisoblashadi. Charlz va uning askarlari Norvegiyadagi Fredriksten qal'asiga ketayotgan vaqtda ular Blomskogda to'xtashgan va ushbu tarixiy yodgorlikni barpo qilishgan.

surat: Ingmar Nilsson

Borgåsen tarixi tahrir

Blomskog atrofidagi hudud va butun Värmland juda ko'p tarixga ega. XVI-asrda hudud iqtisodiy qiyin vaqtlarni boshdan o'tkazgan va Shvetsiya va Norvegiya (Daniya hukmronligi ostida) o'rtasidagi urush nizosi Shvetsiya tomonidagi chegara shaharlarining bir necha bor yoqib yuborilishi o'z ta'sirini o'tkazgan. Olle Xyogstrandning 1979-yilda nashr etilgan „När hela socknen brann“ nomli kitobida haykal yaratilganda jamiyat qanday ko‘rinish olgani tasvirlangan. Keyingi yillarda odamlar qochqinlik vaqtlarida o'zlarini xavfsiz va himoyalangan his qilishlariga imkon beruvchi tepalikdan foydalanishgan.

Hozrigi kunlarda tahrir

Hozirgi kunda siz Borgåsgubbenni Blomskog aholisining o'ziga xos belgisi deb aytsa bo'ladi. Mahalliy aholining bir qismi, ya'ni yoshi katta odamlar uchun keng tarixni eslatib turadi. Tog', qal'a va tosh haykalning hikoyasi ularning merosining bir qismidir. Horijliklar Borgasgubben haykaliga nafaqat u tufayli, balki uning atrofidagi ajoyib go'zal tabiat uchun ham tashrif buyuradi. Tog' tepasida Västra Silen ko'lining ajoyib manzarasi diqqatga sozovor maskan hisoblanadi.

Manbalar tahrir

  1. „Blomskog“.
  2. kommun. „Liten historiebok - Årjängs kommun“ (sv). www.arjang.se. 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-noyabr.