Karl XII (1682.17.6, Stokgolm-1718.30.11, Frederiksxall, Norvegiya) — Pfals-Svaybryukken sulolasidan boʻlgan Shvetsiya qiroli (1697 yildan), sarkarda. Shimoliy urush (1700— 21) boshlarida bir kancha yirik gʻalabalarga erishgan, lekin Rossiyaga bostirib kirishi (1708) uning Poltava jangi (1709)dagi magʻlubiyati bilan tugagan; Turkiyaga qochgan, 1715 yilda Shvetsiyaga qaytgan. Norvegiyaga qilingan bosqinchilik yurishi paytida oʻldirilgan.[1]

Karl XII
Tavalludi 27-iyun 1682
Vafoti 11-dekabr 1718
Fuqaroligi Shvetsiya
Otasi Charles XI of Sweden
Onasi Ulrika Eleonora of Denmark

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil