Boris Semyonovich Baklunov (ruscha: Баклунов, Борис Семёнович; 1913-yil 24-iyul, Qizilarvot – 1978-yilda vafot etgan) – sovet futbolchisi, futbol hakami va sport jurnalistida faoliyat olib borgan.

Boris Baklunov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Boris Semyonovich Baklunov
Tavallud sanasi 24-iyul 1913-yil
Tavallud joyi Serdar, Kaspiyorti viloyati, SSSR
Vafot sanasi 1978-yil (65 yosh)
Vafot joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
. Lokomotiv (Toshkent)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiya

tahrir

Boris Baklunov 1913-yil 24-iyulda Zakaspiy viloyatining Qizilarvot shahrida (hozirgi Qizilarbat, Turkmanistonning Bolqon viloyati) tugʻilgan.

1935—1936 va 1942—1953-yillarda Qizil Armiya saflarida xizmat qilgan. Boris siyosiy xodim boʻlib, kapitan unvoniga ega edi[1]. Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan[2].

Baklunov Oʻzbekiston SSR chempionatida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi tarkibida havaskorlar darajasida futbol oʻynagan[3].

Keyinchalik futbol hakamlik faoliyatini boshlagan va SSSR musoboqlarida Toshkentlik hakam sifatida ishtirok etgan. 1955—1966-yillarda SSSR chempionati va kubogi bahslarida ishlagan. 1959-yil 7-yanvardan Sovet Ittifoqi Oliy toifali hakami boʻlgan. 1960—1963-yillarda Boris bosh hakam va yordamchi sifatida SSSR Oliy ligasining 6 ta uchrashuvini boshqargan[4][5]. Oʻzbekiston SSR futbol hakamlar hay’ati raisi, Butunittifoq hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan[6].

Sport jurnalisti sifatida ishlagan. Boris futbol oʻyinlaridan reportajlar va haftalik „Futbol[7] va Oʻzbekistonning „Pravda Vostoka“ respublika gazetasida maqolalar chop etgan[8].

Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi oʻyinlari dasturlari hammuallifi boʻlgan[9].

1978-yilda vafot etgan.

Mukofotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Сведения о Борисе Баклунове из картотеки политработников“. poisk.re.
  2. „Баклунов Борис Семенович | Sport-strana.ru“ (ru-RU) (2024-yil 6-may). Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
  3. „Баклунов Борис Семёнович“. footballfacts.ru. Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
  4. „Баклунов Борис Семенович | Sport-strana.ru“ (ru-RU) (2024-yil 6-may). Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
  5. „Баклунов Борис Семёнович“. footballfacts.ru. Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
  6. Новый состав ВКС // Футбол-хоккей. — 1972. — Andoza:Bibliografik qisqartma. — Andoza:Bibliografik qisqartma.
  7. Б. Баклунов. Впервые за три года // Советский спорт. — 1962. — 2 oktyabr. — Andoza:Bibliografik qisqartma.
  8. „Протокол матча Пахтакор (Ташкент) - Зенит (Ленинград) 2:1 (0:1)“. web.archive.org (2014-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
  9. „Торпедовские архивы“. web.archive.org (2014-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
  10. „Баклунов Борис Семенович | Sport-strana.ru“ (ru-RU) (2024-yil 6-may). Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.

Havolalar

tahrir