Borispol — Ukrainaning Kiyev viloyatidagi shahar (1956-yildan), Kiyevdan 35 km janubiy sharqda. Borispol stansiyasi. Aholisi 52 ming kishi (1991). Oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Borispolda Kiyev shahrining xalqaro aeroporti joylashgan. Shahar 1590-yildan maʼlum.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil