Bort (kema)
Bort, kema borti (nem. bord) — 1) kema tanasi (korpusi) ning yon devorlarini hosil qiladigan qismlari va qoplamasi majmui. Kema quyrugʻidan tumshugʻiga tomon qaraladigan boʻlsa, chap tomondagi B. chap (bakbort), oʻng tomondagi B. oʻng (shtirbort) B. deb ataladi. Kemaning yuk koʻtaruvchanligi B. balandligiga bogʻliq boʻladi. B. ning suvdan chiqib turadigan qismi balandligi kemaning suzuvchanlik zaxirasini belgilaydi; kemaning ogʻish burchagi katta boʻlgan hollarda u kemaning turgʻunligiga va tananing boʻylama mustahkamligiga ham taʼsir qiladi. Kemaning oʻrta qismida B., odatda, tik (vertikal) qilib, baʼzan, tashqari tomonga, muzyorar kema va boshqa baʼzi xil kemalarda ichkari tomonga qiya qilib yasaladi; 2) kosmik kema, samolyotning ichi; 3) avtomobil kuzovi; 4) bilyard stolining yon devori.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |