Burundoy, Borunday — moʻgʻul sarkardasi; 13-asr 30-yillari oxiri — 40-yillari boshida Botuxon qoʻshini tarkibida Rus va boshqa mamlakatlarni bosib olishda qatnashgan. 1258—59 yillarda moʻgʻullarga tobe knyaz Vasilko Romanovich (1199—1271) bilan birga Litva va Polshaga yurish qilib, u yerlarni talontoroj etgan, soʻng Jan.Gʻarbiy Rusni ham boʻysundirib, uning shaharlaridagi qalʼalarni buzdirib tashlagan. Shunda knyaz Vasilko Romanovich ham B. buyrugʻiga binoan oʻzining VladimirVolinskiy knyazligidagi barcha harbiy istehkomlariga oʻt qoʻygan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil