Bosh aylanishi — muvozanat buzilib, atrofdagi narsalarning aylanayotgandek sezilishi. Sogʻlom odam keskin harakat qilganida, mas, oʻrnidan sakrab turganida, balandda yurganida ham boshi aylanishi mumkin (fiziologik Bosh aylanishi ). Ichki qulokdagi muvozanat saqlovchi aʼzo (labirint), eshituv nervining muvozanat saqlovchi qismi (vestibulyar nerv), miya ustunidagi vestibulyar nerv hujayralari va tolalari hamda bosh miya yarim sharlari chakka qismining shikastlanishi Bosh aylanishi ga sabab boʻladi (qarang Quloq). Vestibulyar apparati oʻta taʼsirchan kishilarda Bosh aylanishi koʻproq kuzatiladi. Bunday kishilar bolalik vaqtidayoq transportda yurganida, argʻimchoq uchganida oʻzini yomon his qiladi. Vestibulyar apparatining buzilishiga turli kasalliklar (miya shikastlanishlari, ensefalit, gipertoniya kasalligi, miya oʻsmasi va boshqalar) sabab boʻladi. Shuningdek hayajonlanish, stress holati, homiladorlik, zaharlanish, oʻrta va ichki quloq kasalliklari oqibatida ham Bosh aylanishi kuzatiladi. Bosh aylanganda bemor koʻngli aynib qusadi, qulogʻi shangʻillaydi, yaxshi eshitmaydi, oʻrnidan turganida aksari yiqilib tushadi, baʼzan qisqa muddat hushdan ketadi. Bosh aylanishi sababini aniqlab, davo qilinadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil