Bosh mugʻon kanali — Ozarbayjonning Mugʻon tekisligi (Mugʻon dashti) dagi sugʻorish kanali. Arake daryosidan boshlanadi. Uzunligi 30,9 km. Suv oʻtkazish imkoniyati bosh qismida 58 m³/s. 1960-yilda ishga tushirilgan. 100 ming ga ekin maydoni (asosan paxtazorlar)ni sugʻoradi. Kanalda mahalliy ahamiyatga ega GES bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Bosh mugʻon kanali" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil