Boshlangʻich urugʻchilik — yangi hamda rayonlashtirilgan ekin navlari va duragaylari urugʻlarining navdorlik va mahsuldorlik sifatlarini saqlab qolgan holda yalpi koʻpaytirish. Istiqbolli yangi navlar elitasi navni dastlabki koʻpaytirish urugʻchilik xoʻjaliklarida, rayonlashtirilgan navlar elitasi ixtisoslashtirilgan elitaurugʻchilik xoʻjaliklarida yetishtiriladi. Yangi va rayonlashtirilgan navlar dastlabki koʻpaytirish ustidan mualliflik nazoratini seleksiya muassasalari — orginatorlar olib boradi. Ekin turiga kura (donli, moyli, texnika, yemxashak va boshqalar) ekinlarni tashkil etishda turli sxemalar qabul qilingan. Masalan, gʻoʻza urugʻchiligi sxemasida Boshlangʻich urugʻchilik bosqichi 1yilgi urugʻlik koʻchatzori (superelita) va 2yilgi urugʻlik koʻchatzori (elita)ni oʻz ichiga oladi (qarang Urugʻchilik).[1]

Manbalar tahrir

  1. "Boshlangʻich urugʻchilik" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil