Boshqarish pulti
Boshqarish aparati— sanoat korxonalari, energetika, transport, hisoblash mashinasi va boshqa obʼyektlarning boshqarish organlari, signal koʻrsatkichlari, nazoratoʻlchash asboblari majmui. Boshqarish pulti boshqarilayotgan qurilmaning oʻziga yoki obʼyektdan uzoqqa oʻrnatilishi mumkin. Boshqarish pulti murakkab agregatlar, zavodavtomat, hisoblash mashinalarida keng qoʻllanadi. Uni nazoratchi operatorlar boshqarib va kuzatib turadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |