Boshqarma
Boshqarma — davlat boshqaruvi tizimida biror yirik tarmoq yoki xoʻjalik sohasida markaziy yoki oʻrta boʻgʻindagi boshqaruv idorasi (mas, Markaziy bankning viloyat boshqarmasi, Bojxona qoʻmitasining shahar boshqarmasi). B. vertikal (vazirlik, qoʻmita, korporatsiya darajasida sektor — boʻlim — boshqarma — bosh boshqarma) va gorizontal (ayrim vazifalarni bajaruvchi boʻlimlar) tizimda rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. B. umuman boshqaruv vazifalarini, maqsadlarini amalga oshirish va boshqarish jarayonining uzluksiz hamda samarali ishlashini hududiy yoki tarmoq tamoyillari asosida tashkil etadi. Hozirgi paytda Oʻzbekistondagi boshqaruv amaliyotida B. oʻrniga departament atamasi kirib kelmoqda.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |