Boshqaruv
Boshqaruv (grammatikada) — sintaktik aloqa turi. Bunda tobe soʻz hokim soʻz talabiga koʻra muayyan grammatik shaklga kiradi va shu shakl orqali tobelanadi (tobe soʻz biror kelishik qoʻshimchasini oladi yoki koʻmakchi bilan birga keladi). B.ning ikki turi mavjud; kelishikli B. (mas, mustaqillikka erishmoq, ishdan qaytmoq); koʻmakchili B. (mas, qaychi bilan kesdi, inson uchun yaratmoq).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |