Boshqaruvchilar
Boshqaruvchilar — korporatsiyalarning oliy mansabdor xodimlari; ular korporatsiyalarning kundalik ishlariga rahbarlik qiladi va direktorlar boshqaruvi qarorlarini amalga oshiradi. Mulk shaklidan qati nazar B. har qanday korporatsiya, kompaniya yoki firmada tashkilotchilik, boshqaruvchilik, muvofiqlashtirish, taxdil vazifalarini bajaradi, lekin korxonaning ishlab chiqarishmoliyaviy siyosatini belgilamaydi, maʼmuriyatga boʻysungan holda ularning topshiriklari ijrosi bilan shugʻullanadi (qarang Menejerlar).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |