Boshqorongʻilik
Boshqorongʻilik — boʻyida boʻlgan (homilador) ayol organizmida roʻy beradigan oʻzgarishlar ifodasi; ishtaha yoʻqolishi yoki zoʻrayishi, shuningdek nordon, achchiq, shoʻr narsalarni qoʻmsash, gilvata, shama va odatdan tash qari boshqa narsalarni koʻngil tusashi; oʻqtinoʻqtin koʻngil aynishi, qusish, soʻlak oqishi; piyozdogʻ, atir, tamaki va hokazo hidini yoqtirmaslik, ran koʻtara olmaslik, jizzakilik, salga toliqish, bosh aylanishi, uyquchanlik, kayfiyatning oʻzgarib turishi. Bunday hollarda ayol (ayniqsa, qusayotgan) akusherginekolog vrachdan tegishli maslahat olishi kerak (qarang Homiladorlik).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |