Bosim ostida quyish (metallurgiyada) — suyultirilgan material (metall, plastmassa, rezina aralashmasi va boshqalar) qolip (forma)ga bosim ostida haydaladigan quyish usuli. Suyuq material qolipning ichki boʻshliqlarini (yaʼni boʻlajak buyum shaklini) toʻldiradi va qotgandan soʻng buyum shaklini oladi. Bu usul aniq va murakkab buyumlar olish uchun ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil