Bosma— h) kashtadoʻzlikyaa chok turi. Mato ustiga ipni toʻgʻri yoki qiya toʻshab, ustidan 3 mm li qiya choklar bilan tikib chiqiladi. Bunda ip avval oʻngdan chapga toʻshalib, ustidan chapdan oʻngta tomon chok bostirib matoga mustahkamlanib chiqiladi; shu tariqa mato yuzasi sidirgʻa qoplanadi. B. chokining tashqi koʻrinishdan bir-biridan farq qiladigan bir necha xillari (kandaxayol, chindaxayol va boshqalar) bor. Yirik kashtalar (palak, soʻzana, choyshab, kirpech va boshqalar) va naqsh gullarini yaxlit kashta bilan toʻldirish maqsadida yuzaga kelgan. Toshkent, Buxoro, Shahrisabz, Samarqand va boshqalarda "dol" deb ataladi; 2) kulollikda buyumlarni bezashda (yogʻoch yoki rezinka, qadimda qovoq, turp, sabzi va boshqalardan yudduz, doyra, nuqta shaklida oʻyib tayyorlangan), matoga gul bosishda (yogʻoch) qoʻllaniladigan gul qoliplar yordamida tushiriladi; 3) zargarlikda qolipaki usulida yasalgan yoki bezalgan buyumlar; 4) araqi koʻrinishidagi ingichka va yupqa taxtachalar; meʼmoriy bezakda taxtalar chokini berkitish uchun qoʻllaniladi. Yuzasi oʻyma va boʻyama naqshlar bilan bezatilishi mumkin; chaspakning bir turi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil