Bosma (mato)
Bosma, bosma chakmon— jundan toʻqilgan mato va undan tayyorlangan ustki kiyim. Tuya yoki qoʻy juni urchuq (duk)da yigiriladi, soʻng boʻsh qilib toʻqiladi. Toʻqimaga maxsus ishlov beriladi: toʻqima qattiq yuzaga qoʻyilib, bir necha soat yalang oyoq bilan tepkilanadi, bu jarayon davomida toʻqimaga tez-tez issiq suv sepib turiladi. Shundan soʻng B. ham eniga, ham boʻyiga kirishadi. B. astarsiz qilib tikiladi. B.dan yogʻin oʻtmaydi. B. yaylovda, otulovda yurganda kiyiladi, ayniqsa choʻponlar uchun juda qulay.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |