Bosniyaliklar
Bosniyaliklar (oʻzlarini "musulmonlar", bosanlar deb ataydilar) — xalq. Bosniya va Gersegovinaning asosiy aholisi. 1,8 mln. kishi (1990- yillar oʻrtalari). Umumiy soni 2100 ming kishi (1992). Shu jumladan: Yugoslaviyada 220 ming kishi, Xorvatiyada 14 ming, Turkiyada 30 ming, AQShda 30 ming kishi. Kad. yozma manbalarga Karaganda Bosniya va Gersegovinada illiriy qabilalari yashagan. Bosniya va Gersegovina Turkiya tarkibiga kirgandan keyin aholisi (asosan serb va xorvatlar) islom dinini qabul qilgan. Serbxorvat tilida gaplashadilar. Dindorlari — musulmon-sunniylar.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |