Bostiriq 1) toʻquvchilikda kudung (toʻqmoqsimon yogʻoch asbob) urilgan atlasga tak berish (buklash) uchun uni taxtakach orasiga olib, ustidan tosh bostirib qoʻyish. Ilgari atlas qoʻlda kudunglanar edi. Atlasni mashina (kalandr)da silliqlashga koʻchilgach, B. usuli qolib ketdi; 2) tikuvchilikda kiyim chokini bostirib tikish. Bostirma chok—kiyim choklari ustidan yana bir bostirib tikilgan chok. Maye, burma koʻylakning koʻkrak yoki paltoning yeng va yoqa choklari ustidan yana bir bor yurgizilgan chok bostirma chok hisoblanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil