Boston (jun gazlama)
Boston (frans. boston, Boston shahri nomidan) — jun gazlamalarning bir turi. Tovlanadigan mayin qoʻy junidan sarjali oʻrilish usulida toʻqiladi. Asosan, toʻq ranglar (koʻk, qora, jigarrang) ga sidirgʻa boʻyalgan holda ishlab chiqariladi. Odatda, B.dan kostyumshim, palto tikiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |