Boston marafoni portlashlari 2013-yil 15-aprelida Boston shahrida oʻtkazilayotgan marafonga boʻlgan terror xuruji edi. Marra chizigʻi yaqinida mahalliy vaqt bilan soat 14:49 (Toshkent vaqti bilan 23:49) da 13 soniya farq bilan ikkita bomba portladi; natijada uch kishi halok boʻldi, 183 kishi yaralandi.[1][2] Voqea yuzasidan Federal tergov idorasi (FTI; inglizcha: FBI) surishtiruv-qidiruv ishlari boshladi.[3][4]

Portlashlar natijasi
Portlashlar xaritasi

18-aprel kuni FTI portlashlargacha va ulardan keyin foto va videolarga tayanib, ikki gumondorni qidiruvga berdi.[5] Bu gumondorlar kelib chiqishi chechen boʻlmish aka-uka Joxar va Tamerlan Tsarnayevlar ekani omma yordami bilan aniqlandi.

Fotosuratlar eʼlon qilinishidan besh soat oʻtib, gumondorlar Massachusetts texnologiya institutidagi politsiya xodimini oʻldirishgani haqida xabarlar paydo boʻldi. Keyin ular avtomobil va uning egasini opqochib ketishdi, biroq politsiya ularning iziga tushib, Watertown shahrigacha quvib bordi. Gumondorlar Watertownda otishma boshlab, transport politsiyasi xodimini yaralashdi. Jarohatlangan Tamerlan Tsarnayev qoʻlga tushdi, lekin keyinchalik kasalxonada oʻldi. Joxar ham yaralangan edi, biroq politsiyaga darhol tutilmadi.

Minglab[6] politsiya va harbiy xodimlar Watertown hududini qurshab, Joxarni taʼqib qilish amaliyotini oʻtkazishdi. 19-aprel kuni mahalliy hokimiyat Watertown va uning atrofida yashovchi aholini oʻz uylarini tark etmaslikka chaqirdi. Aksariyat jamoat muassasa va transporti yopilib, shahar koʻchalari boʻshatildi. Kechga borib uydan chiqmaslik tavsiyasi bekor qilingach, yaralangan Joxar bir mahalliy odam tomonidan hovlidagi brezent bilan yopilgan qayiq ichida topildi. Kichik otishmadan keyin politsiya Joxarni tutdi va kasalxonaga eltdi.[7]

Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov Bostonda insonlar qurbon boʻlgani yuzasidan AQSh Prezidenti Barack Obamaga hamdardlik bildirdi.[8]

Manbalar tahrir

  1. Straw, Joseph ʻJoe’; Ford, Bev; McShane, Lawrence ʻLarry’. „Boston Marathon bombing investigators searching photos, videos for clues“ (17-aprel 2013-yil). Qaraldi: 17-aprel 2013-yil.
  2. „What we know about the Boston bombing and its aftermath“. CNN (19-aprel 2013-yil). Qaraldi: 19-aprel 2013-yil.
  3. Estes, Adam Clark, Abad-Santos, Alexander, Sullivan, Matt, 15-aprel 2013-yil, Explosions at Boston Marathon Kill 3 — Now, a 'Potential Terrorist Investigation' (Wayback Machine saytida 2013-11-16 sanasida arxivlangan), The Atlantic Wire, Retrieved 22-aprel 2013-yil
  4. Fromer, Frederic J., 15-aprel 2013-yil, Justice Department Directing Full Resources To Investigate Boston Marathon Bombings, The Huffington Post, Retrieved 22-aprel 2013-yil
  5. Remarks of Special Agent in Charge Richard DesLauriers at Press Conference on Bombing Investigation, FBI, Boston Division, 18-aprel 2013-yil, Retrieved 21-aprel 2013-yil
  6. Tanfani, Joe; Kelly, Devin; Muskal, Michael. „Boston bombing [Update: Door-to-door manhunt locks down city“] (19-aprel 2013-yil). Qaraldi: 21-aprel 2013-yil. „As family members called on him to surrender, a 19-year-old college student remained on the run Friday as thousands of police armed with rifles and driving armored vehicles combed the nearly deserted streets of a region on virtual lockdown“.
  7. Seelye, Katharine Q; Cooper, Michael; Rashbaum, William K. „Boston bomb suspect is captured after standoff“ (19-aprel 2013-yil).
  8. „Prezident ta’ziya izhor etdi“. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati (2013-yil 16-aprel). 2017-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-aprel.

Havolalar tahrir