Botirali Hakimov
Botirali Juraboyevich Hakimov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.
Botirali Juraboyevich Hakimov | |
---|---|
Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyati qoʻmitasi 1-kotibi | |
Mansab davri 1990 – 1991 | |
Oʻtmishdoshi | Madaminjon Obidshoyev |
Vorisi | lavozim tugatilgan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-mart 1940-yil Namangan viloyati Chortoq tumani |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Tarjimai holi
tahrir1940-yilda Namangan viloyati Chortoq tumanida tugʻilgan. KPSS aʼzosi.
1959-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1959-1991-yillarda SMU montajchisi, kolxoz bosh muhandisi, Chortoq tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi bosh muhandisi, instruktor, Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi boʻlim mudiri oʻrinbosari, Yangiqoʻrgʻon tuman ijroiya qoʻmitasi raisi, Yangiqoʻrgʻon RK KPU 1-kotibi, Chortoq RK KPU 1-kotibi, Namangan viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston SSR Davlat qishloq xoʻjaligi qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi, O'zbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasining 1-kotibi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 11 va 12-chaqiriqlari deputati etib saylangan. KPSS XXVII va XXVIII qurultoylari delegati.
Oʻzbekistonda yashaydi.