Botir Xurramovich Mardayev (1979-yil, Surxondaryo viloyati, Denov tumani) – oʻzbek siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[1]. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi .

Biografiyasi

tahrir

Mardayev Botir Xurramovich 1979-yili Surxondaryo viloyati Denov tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 2003-yil Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini, 2011-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-texnolog.

Mehnat faoliyatini 1995-yilda Denov tumani „Gʻalaba“ jamoa xoʻjaligi ishchisi lavozimidan boshlagan. 2005—2017-yillarda OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi ijroiya qoʻmitasi apparati kotibiyat mudiri, boʻlim mudiri, 2017—2020-yillarda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimida faoliyat yuritmoqda[2][3].

Manbalar

tahrir