Roald (Ravil) Ismoiloshch Botirov (1931.4.4, Astraxon) — kinorejissyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1952). Buxoroteatrida bosh rejissyor (195259). Teatrda 20 ga yaqin spektakl qoʻygan: "Momaqaldiroq", "Oqpadar", "Tohir va Zuhra", "Oltin koʻl" va boshqa Shuningdek, Namangan teatrida "Revizor", Hamza teatrida "Vassa Jeleznova" spektakllarini qoʻygan. 1959—90 yillar "Oʻzbekfilm"da rejissyor 1990-yildan oʻzi tashkil etgan "Inson" kinostudiyasining badiiy rahbari. Mashhur filmlari: "Dorbozlar", "26otilmasin", "41yil olmalari", "Seni kutamiz, yigit", "Unutilmagan qoʻshiq", "Muhabbat va nafrat" (Yugoslaviya bilan hamkorliqda), "Mana oʻsha yigit qaytib keldi", "Leytenant Nekrasovning xatosi", "Ikkinchi davra" va boshqa Obrazli tasvir, musiqa, kadr va kadr ortida yangraydigan badiiy matnni aktyor oʻyini bilan bogʻlash, film qahramonlarining harakterini ochib berish, xalqlarning maʼnaviy birligini kuylash B. ijodiga xos. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotining laureata (1986).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil