Botniya qoʻltigʻi
Botniya qoʻltigʻi – Boltiq dengizining shimoliy qismi, Shvesiya va Finlandiya oraligʻida. Maydoni 117 ming km². Uzunligi 668 km, eni 240 km gacha. Eng chuqur joyi shimolda 112 m, janubda 290 m. Gidrologik rejimi dengiznikiga oʻxshash. Suvining shoʻrligi shim.da 2—3‰, jan.da 5‰ gacha. Oktabr—iyun oylarida muzlaydi. Botniya qoʻltigʻiga kiraverishda Aland o.lari joylashgan. Asosiy portlari: Vasa, Oulu (Uleaborg), Pori (Finlandiya); Luleo, Sundsvall (Shvesiya)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |