Botqoq balchiqchilar (Sitova) — balchiqchilar turkumining chuldoqlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 4 ta turi mavjud. Shim. yarim sharda tarqalgan. Oʻzbekistonda katta Botqoq balchiqchilar (L. limosa) va kichik Botqoq balchiqchilar (L. lapponica) deb ataladigan turlari qushlarning bahorgi va kuzgi uchib oʻtishi davrida uchraydi, lekin ularning soni koʻp emas. Botqoq balchiqchilar suvga yaqin joylarda yashaydi, uyasini esa koʻl va daryolar qirgʻogʻiga, oʻtloq, nam yerlar va botqoqliklarga quradi. Katta Botqoq balchiqchilar qanotining uz. 19—24 sm, ogʻirligi 235—270 g, juftlashish davrida boshi, boʻyni va tanasining koʻkrak qismi malla rangda boʻladi. Qush uchayotganida uning qanotidagi oq yoʻlyoʻl chiziq koʻzga yaqqol tashlanadi. Nari va modasi navbat bilan tuxum bosadi. Baqalar va boshqa suv yaqinida yashovchi mayda hayvonlar bilan oziqlanadi, baʼzida oʻsimliklar urugʻini ham isteʼmol qiladi. Botqoq balchiqchilar ovlanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil