Botqoq oʻsimliklari — balchiqda oʻsishga moslashgan oʻsimliklar (mas. qamish, qoʻgʻa, qiyoq va boshqalar). Botqoq oʻsimliklarning aerenxima toʻqimasi yaxshi rivojlangan; poya va ildizlarida havo yoʻllari va hujayralararo havo kameralari boʻladi. Botqoq oʻsimliklarining urugʻlari suv va qushlar orqali tarqaladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Botqoq oʻsimliklari" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil