Botriomikoz (lotincha: botrys — shingil, mykes — zamburugʻ) — hayvonlarda uchraydigan surunkali yuqumli kasallik. Koʻpincha otlar, baʼzan koramol, qoʻy va choʻchqalar kasallanadi. Kasallikni Botryomyces ascoformans zamburugʻi qoʻzgʻatadi. Zamburugʻ organizmga shikastlangan teri yoki yogʻ va ter bezlari orqali kirib, shishlar paydo qiladi. Shishlar avval qattiq boʻlib, keyin yiringlab yoriladi va yaraga aylanadi. Baʼzan ichki organlarga ham tarqalib, yiringli shishlar paydo qilishi mumkin. Kasallik oylab, hatto yillab choʻziladi, lekin hayvonning umumiy ahvoli uncha yomonlashmaydi. Shishlarning yiringlanish davrida kasal hayvon harorati koʻtarilib, oqsoqlanadi. Kasallik klinik belgilariga va lab. maʼlumotlariga asoslanib aniqdanadi. B. jarrohlik yoʻli bilan davolanadi. Kasallikning oldini olish uchun hayvonlar terisini shikastlanishdan saqlash, axtalashda aseptika kridalariga rioya qilish kerak.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil