Modexoqon, Botur Tangriqut (Mooʻ Du, Mode, Budu, Mata) (? — miloddan avvalgi 174) — Ulugʻ hun (hunnu) xoqonligi (miloddan avvalgi 209 — milodiy 216) asoschisi, Tuman Tangriqutnnng valiaxd oʻgʻli. Otasi boshqa oʻgʻlini valiaxd qilish maqsadida uni oʻz raqibi yuyechjilar huzuriga garov tariqasida joʻnatib, koʻp oʻtmay ularga xiyonatkorona hujum qiladi. Modexoqon otasining hiylasini fahmlab vaqtida qochishga ulguradi. Soʻng, atrofiga ishonchli odamlarni toʻplab, otasi va oʻgay ukalarini qatl qiladida, tangriqut boʻladi (miloddan avvalgi 209—174). Modexoqon otil ganda oʻzidan hushtak ovozi chiqaruvchi oʻq-yoy ixtiro qiladi, muntazam qoʻshin tuzib, avval tunggʻus (dung xoʻ)larni tormor keltiradi, hunnu, chushe, shinli kabi hun xonliklarini va dingling (toʻro), gekun (qirgʻiz) elatlarini birlashtirgach, qudrati yanada ortadi, keyin Xitoyga yurish qilib, hunlarnipg xitoylar istilo qilgan yerlarini ozod etadi. Hunlar davlatining kun sayin qudratli boʻlib borayotganini koʻrgan koʻplab xitoy sarkardalari Modexoqon tomoniga oʻtadilar. Miloddan avvalgi 200 yil Xan sulolasiga mansub imperator Govzu (miloddan avvalgi 206—195) 325 ming kishilik qoʻshin bilan Modexoqonga qarshi urushga otlanadi. Modexoqon bundan xabar topib, 400 ming otliq askar bilan Govzu qoʻshiniga peshvoz chiqadida, ularni Fingching (Dotung) shahri sharqidagi Bayting adirida qurshab oladi. Ammo, 7 kun deganda Govzu ochlikdan birin-ketin qirila boshlagan oʻz koʻshinini vaziri ishlatgan bir hiyla tufayli qurshovdan olib chiqib ketishga muvaf-faq boʻladi [mazkur voqea Xitoy tari-xida "Bayting muhosarasi (qurshovi)" nomi bilan mashhur]. Shundan soʻng Govzu, garchi qurshovdan qutilib chiqqan boʻlsada, yengilganini tan olib, qizini Modexoqonga xotinlikka beradi (miloddan avvalgi 192) va hunlarga xiroj tariqasida kimxob, shoyi, atlas, sharob, gʻalla kabi mahsulotlarni yuborib turish majburiyatini oladi. Modexoqon ham, oʻz navbatida, agar yuqoridagi majburiyat toʻla-toʻkis ado etilsa, Xitoyga hujum qilmaslikni oʻz boʻyniga oladi. Miloddan avvalgi 177—176 yillarda Modexoqon uyshun, qangʻli (qonqa), yoʻji (yuyechji) va aorslarnk boʻysundirib, markazlashgan yirik xoqonlik tuzadi. Uning davlati sharqda Ulugʻ muhit (Tinch okean)dan gʻarbda Kaspiy dengizigacha, shim.da Boykoʻl (Baykal) va Enasoy (Yenisey)dan jan. da Buyuk Xitop devori va Shimoliy Hindi-stongacha boʻlgan hududni egallagan.

Abduxoliq Aytboyev.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil