Barshchina
(Boyarshchinadan yoʻnaltirildi)
Barshchina, boyarshchina — barin [(boyar)ga tekinga ishlab berish] — oʻrta asrlarda Rossiyada yer rentasi shakli, yirik yer egasiga qaram krepostnoy dehqonni oʻz mehnat qurollari bilan yer egasi xoʻjaligida haq olmay bajaradigan majburiy mehnati. Gʻarbiy Yevropada B. 8 — 9-asrlardan tarqalgan, 12 — 13-asrlardan obroklar tomonidan siqib chiqarilgan va 14 — 15-asrlarga kelib yoʻq boʻlib ketgan. Sharq mamlakatlarida B. keng tarqalmagan (qarang Begor). Rusda Kiyev Rusi davlati paytida paydo boʻlgan. Rossiyaning Yevropa qismida 16-asr 2-yarmi — 19-asr 1-yarmida keng tarqalgan. Yuridik jihatdan rasman 1882-yil bekor qilingan boʻlsada, 1917-yilgacha davom etgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |