Boyken

serhosil qishki olma navi

Boyken — serhosil qishki olma navi. Oʻzbekistonda XIX asr oxiridan boshlab tarqalgan. 50- yillargacha koʻp ekilgan. Sovuqqa chidamli, koʻchati oʻtqazilgach, 6—7yili hosilga kiradi. Daraxtining balandligi 7–8 m, shoxshabbasining eni 5–6 m, mevasi 250—300 g, och sariq, quyoshga qaragan tomoni qizgʻish, eti oq, qimizak; sentabr oxirida uzib, martgacha saqlash mumkin. Tupidan 500– 550 kg hosil olinadi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan. Hozir kam uchraydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil