Andrey Ivanovich Boyko (aslida Mogilnichenko) (1905, Voronej gubernyasi Voronsovka qishlogʻi — 1992, Toshkent) — opera xonandasi (lirik tenor). Oʻzbekiston xalqartisti (1950). Toshkent musiqa va teatr texnikumini tugatgan (1932). Toshkent rus opera va balet teatri (1935—48), Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1948— 66) yakkaxoni, Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtida vokal oʻqituvchisi (1970—88). Yevropa va Rossiya kompozitorlari asarlarida 50 ga yaqin partiyani ijro etgan. Jumladan Gersog, Alfred, Radames ("Rigoletto", "Traviata", "Aida"), Xoze ("Karmen"), Kanio (R. Leonkavallo, "Payatslar"), Lenskiy ("Yevgeniy Onegin"), Berendey (A. RimskiyKorsakov, "Kor qiz"). Knyaz (A. Dargomijskiy, "Suv pariyey"), Devona ("Boris Godunov"), Faust (Sh. Guno. "Faust") va boshqa.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil