Boyoma (1983-yilgacha StenliKongo daryosidagi sharsharalar. Markaziy Afrikada. Kongo Demokratik Respublikasi hududida, Ubundu va Kisangani shaharlari oraligʻida. 150 km oraliqda joylashgan 7 katta ostonadan iborat, sharsharalarning umumiy balandligi 40 m. Daryoning shu qismida kema yurmaganligi uchun uning chap qirgʻogʻi boʻylab temir yoʻl oʻtgan. Ostonalardan yuqoridadaryo Lualaba deb nomlanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil