Boysun naslchilik zavodi — zotdor hisori qoʻchqorlari va qoʻylari yetishtirish bilan shugʻullanadigan zavod. Surxondaryo viloyati Boysun shumanida joylashgan. 1957-yil sentabrda tashkil etilgan. 36 ming qoʻy, shu jumladan 16 ming bosh sovliq bor (2000). 3dda Oʻzbekiston chorvachilik instituti bilan hamkorlikda hisori qoʻylar zotini yaxshilash, mahsuldorligini oshirish, zootexnika qoidalarini takomillashtirish masalalari oʻrganiladi, respublikadagi qoʻychilik xoʻjaliklariga zotli qoʻchqorlar yetkazib beriladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil