Boysun toshkoʻmir koni — Surxondaryo viloyatining Boysun tumanila yura qatlamlarida joylashgan kon. Boysuntogʻning jan.gʻarbiy tarmogʻi boʻlgan Ketmonchopti tizmasining jan. yon bagʻrida. Tuman markazi Boysundan 10 km jan.sharkda, Shoʻrchi temir yoʻldan 60 km narida. 1940- yillardan oʻzlashtirila boshlangan. Koʻmir qatlamlari assimetrik koʻtarilgan Ketmonchopti togʻida taxminan 25 km²maydonni egallagan. Kon geomorfologik va tektonik jihatdan 3 qism (shim., gʻarbiy va jan.)dan iborat. Quyi, oʻrta yura jinslari orasidan 22 ta koʻmir qatlami topilgan, shuning ikkitasidan koʻmir qazib olinadi. Koʻmir „T“ markasiga mansub va yuqori kaloriyali. Undan koksbriket ishlab chiqarish mumkinligi aniqlangan. Koʻmirning aniklangan zaxirasi 15 mln. t. 1996-yil 10 ming t koʻmir qazib olindi. Istiqbolda koʻmir qazib chiqarishni yiliga 100 ming t ga yetkazish moʻljallangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Boysun toshkoʻmir koni" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil