Boyxalcha (Leontice albertii Reyel) -zirkdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik, tugunak ildizli oʻt. Poyasi bitta yoki bir nechta, boʻyi 20—30 sm. Bargi uch qoʻshaloq, har biri uzun bandli, yaprogʻi panjasimon kirqilgan. Guli sariq, toʻpguli — shingil. B. yerdan qor ketishi bilanoq koʻkarib chiqib gullaydi. Togʻli rayonlardagi butazor va daraxtzorlarda koʻllab oʻsadi, gullaganda oʻziga xos goʻzal manzara kasb etadi. Poya va barglarida alkaloidlar, tugunak ildizida saponin bor.

Boyxalcha
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil