Bozorshab, bozori shab (toj. — kechki bozor) — oʻtmishda Turkistonning yirik shaharlaridagi tungi bozor. Odatda koʻproq bayram va roʻza kunlari uyushtirilib, ommaviy koʻngil ochish kechalari bilan qoʻshib oʻtkazilgan. B.da shaharning markaziy koʻchalaridan biri yoki maydon bezatilgan, koʻchaning ikki chetidagi choyxona va doʻkonlar oldiga chorpoyalar qoʻyilib, har xil shirinlikqandolat, mevacheva, oziq-ovqat sotilgan. Karnay, surnay va nogʻoralar chalinib, maxsus jarchilar odamlarni B.ga chorlagan. Dorlar qurilib, masharabozlar, qoʻgʻirchoqbozlar oʻyin koʻrsatgan, oʻrgatilgan hayvonlar, ayniqsa, ayiqoʻyini namoyish qilingan, polvonlar kurashgan. Choyxonalarda sozanda, xonanda, askiyachi, qiziqchi, raqqoslar oʻz sanʼatlarini namoyish qilganlar. B. har joyning urfodatiga qarab turli shaharlarda turlicha oʻtkazilgan. Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish munosabati bilan ayrim joylardagi bozorlarda B.ga oʻxshash tadbirlar oʻtkazish rasm boʻlmoqda.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil