Bozargon, bozurgon (fors. bozorchi, savdogar) — oʻrta ayerlarda viloyat mamlakatlararo yurib savdo qiluvchi shaxs, savdogar. B.lar oldisotdi ishlaridan tashqari aygʻoqchilik ham qilib, borgan mamlakatlarining iktisodiy ahvoli, harbiy qudrati haqida maʼlumot toʻplagan. Xon va sultonlar, odatda, oʻz elchilarini B.larga (savdogarlarga) qoʻshib yuborishgan. Buni 1216—20 yillar orasida xorazmshoh Muhammad bilan Chingizxon, shuningdek. 16— 19-asrlarda Buxoro, Xiva, Balx bilan Rossiya va Hindiston oʻrtasida olib borilgan aloqalar yaqqol koʻrsatadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil